Urushdan omon qolgan inson hikoyasi

Опубликовано Barno Ikramova в

Николай Савеньков

1918-yilda tavalllud topganman, pasportimda yozilishicha, 1-yanvar sanasida. O‘n yoshimgacha menga bobom bilan buvim g‘amxo‘rlik qilishdi.
Biz Voronej viloyatining Maslouka qishlog‘ida yashardik. Ota-onamni esa eslay olmayman.

Yaqinlarimdan faqat akam qolgan edi. 16 yoshimda bolalar uyidan Yangi Oskolga qochib kelganman. Ko‘zlarim traxomaga chalingach, Kurskka kelib qoldim.

Zavoddagi shogirdlik maktabidan to‘ppa-to‘g‘ri harbiy xizmatga chaqirishdi. 1941-yilda to‘rtinchi Ukraina frontiga, og‘ir artilleriyaga tushdim.

Urushda aloqachi bo‘lganman. Bir kuni vzvod komandiri ikki nafar nemis asirini shtabga olib borishni topshirdi. Urush tugay deb qolgandi. Yo‘lning yarmiga kelganda, ularga rahmim kelib qo‘yib yuborishga qaror qildim. Lekin ular negadir buni rad etishdi.

Inson avvalo, mehribon va adolatli bo‘lib qolishi kerak. O‘zim hech kimga yomonlik qilmaganman.

Mehnat

Urushdan keyin akamning ortidan Toshkentga keldim. Zavodga chilangar bo‘lib ishga kirdim.

Hozir ham sevimli kasbimni tashlaganim yo‘q. Uyimning balkonida ustaxonam bor. Mehnat insonni yuksaltiradi.

Bir yarim million so‘m pensiya olaman. O‘zimga yetadi. Nima deb o‘ylayiz, shuning o‘zi baxt emasmi?

Odatlarim

Ayolim bilan 70 yil baxtli hayot kechirdik.

20 yildan buyon chekmayman. Bu zararli odatimdan arang qutuldim. Oldin kuniga bir quti “Prima”ni tugatardim. Chekishni tashlamaganimda, o‘lib ketarmidim.

Foydali odatlarim bo‘lmagan. Badantarbiya ham qilmasdim.

Umrimda bir marta ich terlamaga chalinib, bir oy qimirlamay yotganman. Hozir sog‘lig‘imdan shikoyatim yo‘q. Faqat qariganim seziladi. Axir 100 ga kirdim.

Hozirgidek yodimda, bolalar uyida ko‘p lavlagi yerdik. Chunki atrofdagi dalalarda lavlagi mo‘l edi. Haligacha borshch, vinegretni yaxshi ko‘raman. Go‘sht bilan shirinlikni unchalik xushlamayman.

Tushlik bilan kechki ovqat tanovul qilishda hech ham shoshmayman. Bir qadah shirin qizil vinoga yo‘q demayman. Balki butun sirim shundadir?

Рубрики: Полезное

0 комментариев

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *