Biz haqimizda

Bugungi kunda iste’molchilarning tibbiy xizmatlar bozoridagi tanlovi ishonchli ma’lumotlar taqchilligi sharoitida ro’y beryapti. Aksariyat hollarda iste’molchi axborotni bevosita o‘zi emas, balki og‘izdan-og‘izga ko‘chib yurgan va o‘zgargan shaklda qabul qilishga majbur bo‘lyapti.

ANATOMICÁ — bu salomatlik madaniyati hamda insonning o‘z sog‘lig‘iga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishga qaratilgan jurnal. Nashr bunga ehtiyoj sezgan barchaga, eng avvalo ayollarga yordam qo‘lini cho‘zishga tayyor: ya’ni, salomatlik, go‘zallik haqida bilim beradi, ayolning o‘ziga ishonchini oshiradi va sog‘lom jamiyat qurish yo‘lida, munosib hissa qo‘shishni maqsad qiladi.

TAHRIRIYaTNING USTUVOR MAQSADI
Jurnalning ustuvor maqsadlaridan biri, o‘zini oqlamaydigan tadqiqotlarning ziyonini kamaytirish uchun, turli davo usullari, muolajalar, preparatlar va boshqa vositalarning yutuq va kamchiliklarini ochib berishdir. Nashrimiz sahifalarida umumiy tibbiyot, klinik dermatologiya va kosmetologiyaga bog‘liq masalalar, kosmetologik korreksiya, plastik va rekonstruktiv jarrohlik, fizioterapiya va davolashning apparat usullari, uzoq umr ko‘rish sirlari va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi tibbiyot haqidagi mavzular yoritiladi.

TIBBIYOT TURIZMI
Jurnaldagi ma’lumotlar vatandoshlarimiz va yurtimiz mehmonlariga O‘zbekistonda o‘z sog‘lig‘ini tiklash usullarini tanlash bobida ko‘maklashadi. MEDTRAVEL GLOBAL SYSTEM NNTning bevosita vakili sifatida, nashrimiz milliy turizm mahsulotlarini faol targ‘ib qiladi. Sahifalarimizda O‘zbekistonda mavjud va jadal rivojlanayotgan ixtisoslashtirilgan klinikalar bo‘yicha yo‘lko‘rsatkichlarni ham topish mumkin.