Biz haqimizda

Konsepsiya

Nashr keng auditoriya tomonidan, oddiy o‘quvchilar, professionallar, tadbirkorlar va tibbiyot sohasidagi yetakchi ekspertlar orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan tengsiz resurs sifatida tan olingan. Biz bozorni shakllantiruvchi yanada chuqur mazmunli mavzular va muammolarni o‘rganish orqali, mustaqil tekshiruv o’tkazib, hisobot taqdim etamiz.
Jurnalimiz ko‘p millatli davlatimizning har bir xonadoni va har bir turisti qo‘ligacha yetib borishini istaymiz

Maqsadlar

ANATOMICÁ jurnali – bu mushtariylar, sheriklar va reklama beruvchilar orasida foydali axborot bilan erkin almashish imkoniyatini beruvchi innovatsion loyiha. Bu O‘zbekistondagi go‘zallik va salomatlik haqidagi ilk nashr bo‘lib, uning asosiy maqsadi – loyihaga jalb qilingan barcha ishtirokchilar orasida haqiqiy sof muloqotni yaratishdir. Biz zamonaviy hayotning har jabhasi haqida senzurasiz, ro‘y-rost, boricha gapiramiz.

Asosiy mavzular

Yurtimizda yuz berayotgan islohotlar nafaqat davlat siyosatiga, balki insonlarning turmush tarziga ham ijobiy ta'sir o‘tkazyapti. Yaratilgan media-loyiha aholining to‘g‘ri yashash qoidalari va sog‘lom turmush tarzi haqidagi tasavvurlarini saqlab qolishga qaratilgan platformadir. Biz sizni o‘z tanangizni his qila olish, o‘zingiz bilan uyg‘un hayot kechirish va eng muhimi – salomatlikni saqlash sirlaridan voqif qilamiz.

previous arrow
next arrow
Slider

ANATOMICÁ – bu salomatlik madaniyati, go‘zallik va sog‘lom turmush tarzi haqida jurnal

Ruknlar

Качество жизни

Hayot sifati

Ish uchun ajratilgan vaqt bilan hayotning boshqa jabhalari orasida insonga zarur bo‘lgan muvozanatni topish haqida.

Klinika

Klinika

Turli kasalliklar profilaktikasi borasida yetakchi mutaxassislar maslahatlari, zamonaviy diagnostika va davolash usullari sharhi.

Личный тренер

Shaxsiy murabbiy

Fitnes-klub, yoga markazlari, raqs klublarining yangi takliflari haqida ma'lumotlar. Yetakchi murabbiy va sportchilarning tavsiyalari.

Estetika

Estetika

Estetik tibbiyot haqida. Yangi texnologiyalar, estetik jarrohlik sirlari, uzoq umr ko‘rish, qaerda davolanish mumkin, yangi preparatlar, go‘zallik sanoati sohasidagi yangiliklar va hodisalar, foydali maslahatlar.

Ovqatlanish dasturi

Ovqatlanish dasturi

Sog‘lom teri uchun eng yaxshi rasion navigatori, ekspertlar, fitnes-oshpazlar, dietologlar, allergologlar fikri. Motivasiya beruvchi iqtiboslar, grafiklar va qulay jadvallar, shuningdek, sog‘lomlashtiruvchi ovqat mahsulotlarini yetkazib berish xizmatlarini sinovdan o’tkazish

MedTravel

MedTravel

Tibbiyot turizmi, faol hordiq, ekzotik turlar. O‘zbekiston va boshqa davlatlarning turistik salohiyati haqida keng va ishonchli ma'lumotlar. Turli davlatlarda o‘zini parvarish qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, spa-sayohatlar uchun g‘oyalar.

Woman Who Matters

Woman Who Matters

Muvaffaqiyatli ayol bilan suhbat – omad tarixi, hayot uslubi haqida ilhom bahsh etuvchi va yashashga undovchi hikoyalar. Rukn qahramoni – o‘zi haqida qayg‘urishni unutmaydigan va har qanday vaziyatda go‘zal ko‘rinishga ega, zamonaviy muvaffaqiyatli ayol namunasidir.

Amaliyotgacha va amaliyotdan so‘ng

Amaliyotgacha va amaliyotdan so‘ng

Hammamiz natijani ko‘rish uchun, kosmetologik amaliyotdan o‘tgan bemor suratini tomosha qilishni yaxshi ko‘ramiz. Chunki taqqoslash va baholash juda maroqli. Ushbu bo‘limdan eng ajablanarli b'yuti-o‘zgarishlar o‘rin olgan.

Jurnalni xarid qilish yoki yillik obuna uchun ariza qoldirish

Dolzarb

Аутизм муаммоси хақида малумот тарқатиш бутунжахон куни

Александра Алиева, бош бухгалтер Виталина, Дарий исмли икки нафар фарзанди бор Фарзандим билан фахрланаман. Атрофдагилар унда аутизмнинг ҳеч қандай белгисини сезмайди. Ҳеч ким болам бошқалардан бошқача туғилсин, деб орзу қилмас, бу аччиқ ҳақиқатга тайёр бўлмас Читать дальше…